Skip to main content

Command Palette

Search for a command to run...

IOS (Apple) chimisiz yoki Android chi?

Updated
2 min read
IOS (Apple) chimisiz yoki Android chi?

Fikrimcha buyog’iga faqat Apple mahsulotlarini yani IOS qurilmalarini ishlatsam kerak. Yaqinda qurilmalarimni Allohning fazli bilan IOS ga almashtirgandim, oz-moz tug’ilgan fikrlar bilan o’rtoqlashmoqchiman.

Bu Android qurilmalari haqidagi fikrim yomon degani emas.

Lekin avvaldan faqat windows ishlatib turib MacOS ga, Android Phone ishlatib turib iPhone ga o’tilsa sezilarli darajada qulayliklar paydo bo’lar ekan.

Oddiy dizayn tarafini oladigan bo’lsak glassmorfizm (nima ekanligi haqida keyinroq yozaman nasib qilsa) bilan judda ham kuchli va maromida ishlanganligiga guvoh bo’lamiz. Va yoki ilovalarni ochilib yopilishdagi tezlik va animatsiyalar ham juda maromiga yetkazilgan.

Eng asosiylaridan biri home, uy, o’rtani bosib ilovadan chiqilishi bilan ilova tezkor hotirani ortiqcha band qilmaydi. Shuning uchun ham 6gb tezkor xotira yani operativkalik Android dan ko’ra 4gb operativkalik IOS tezroq ishlashiga guvoh bo’lamiz.

Menimcha Apple ning shiori “Kerak bo’lsa ishlat bo’lmasa daf qil” bo’lsa kerak. Dasturchi sifatida aytaman siz IOS qurilmangizni, xox u iPhone bo’lsin xox Macbook, bemalol ortiqcha dasturlarsiz minimal holatga olib kelsangiz va yoki o’zingizga mos ravishda sozlab olsangiz bo’ladi. Boshqa OS larda ma’lum bir ilova yoki dasturlar toifasini o’chirib tashlashga Tizim yo’l qo’ymaydi. IOS da esa hammasini emasu har xolda ko’p keraksiz deb bilganlaringizni o’chirsangiz bo’larkan.

P.S: Albatta IOS qurilmalarini ishlatish uchun sizda yetarlicha bilim bo’lsagina uni qulay ekanini tushunasiz. Yetarlicha bilimga ega bo’lmay turib buuncha pul sarflashni oqlamayman. 100% dan 20% qobilyatlarini ham ishlatmasangiz nima keragi bor 1000$ lik telefon yoki 3000$ lik kompyuterni 🙂

Kalta fahmimga kelgan fikrlar shulardan iborat)

02:13 || 06.10.2022

Toshkent sh.

Ziyodbek Ahmadjonov